Qamashi tuman tibbiyot xizmati tarixi haqida to‘g‘risida
Ma’lumot.
Qamashi tumani 1939 – yilda tashkil etilgan ,Tuman tashkil etilganda xalq xujaligining boshqa tarmoqlari kabi sog‘liqni saqlash tashkiloti xam tashkil etilgan.
Sog‘liqni saqlash xizmatini tashkil etish , unga raxbarlik qilish, amalga oshirishga tumanga sobiq ittifoq markazidan yuborilgan rusiyzobon kishilar bo‘lishgan .Ular maxsus tibbiyot mutaxassislari bo‘lishmagan. Ularining ko‘pchiligi o‘rta tibbiyot xodimi yoki maxsus tibbiy kurslarni bitirgan xodimlar bo‘lishgan.
Dastlabki tibbiyot muassasalari fel’dsherlik punktlari va umumiy profildagi kichik kasalxonalar bo‘lib ularning vazifalari aholi o‘rtasidagi kasalliklarga qarshi kurashish, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan.
Mahalliy kadrlar asosan 60- yillarning boshidan boshlab ishga kela boshlagan. Ularga misol qilib Mirzaev.Z.M – xirurg,
Berdimurodov N- terapevt, Kerkiev – xirurg, Rasulov A.R.- stomatologlarni ko‘rsatish mumkin.
1970- 1990 yillar Qamashi tumanida tibbiyot xizmatining gurkirab usgan davri bo‘ldi.
Bunda aholining kadrlar bilan , kasalxona o‘rinlari bilan ta’minlanishi yuqori darajara bo‘ldi.
Mustaqillik davrida mavjud tibbiyot muassasalari qisqartirildi fel’dsher- akusherlik punktlari- 70 ta qishloq vrachlik ambulatoriyalari , Qishloq vrachlik ambulatoriyalari , qishloq uchastka shifoxonalari yopildi .
Tuman shifoxonalaridagi o‘rinlar soni 2 baravariga qisqardi aholining ko‘payib ketishi, oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning kamayib ketishi natijasida axolining ular bilan ta’minlanish ko‘rsatkichi ancha pasayib ketdi.
Xozirgi kunda:
Qamashi tumanida mavjud 264900 nafar aholiga 2 ta shifoxona jami 460 o‘rin , 2 ta poliklinika 1 ta dispanser, 5 ta qishloq oilaviy poliklinikasi va 2 ta qishloq vrachlik punkti xizmat ko‘rsatadi.
Tuman markaziy shifoxonasi 12 ta bo‘limlardan iborat :
1. Terapiya -25 o‘rin
2. Endokrinologiya – 20 o‘rin
3. Kardiologiya – 30 o‘rin
4. Nevrologiya – 25 o‘rin
5. Xirurgiya (travmatologiya posti bilan ) – 30 o‘rin
6. ShTYoB ( reanimatsiya bo‘limi bilan )- 30 o‘rin
7. Ginekologiya – 25 o‘rin
8. To‘g‘riqxona ( patologiyasi posti bilan ) – 95 o‘rin
9. To‘g‘riq reanimatsiya
10. si – 3 o‘rin
11. Chaqaloqlar bo‘limi 80 o‘rin
12. Bolalar bo‘limi – 45 o‘rin
13. Qishloqlardagi bo‘limlar -90 o‘rin
14. Yuqumli kasalliklar shifoxonasi -45 o‘rin
Ushbu bo‘limlar axoli sog‘ligi va salomatligi uchun xizmat qiladi.