Dehqonobodda Tez tibbiy yordam stantsiyasining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Muhtaram yurtboshimizning Qashqadaryoda tibbiyot sohasini yanada rivonlantirish yuzasidan bergan reja-topshiriqlari doirasida Dehqonobod tumanida tez tibbiy yordam sifatini yanada yaxshilash, soha xodimlariga yetarlicha qulaylik va sharoitlar yaratib berish maqsadida Dehqonobod tumani “Tez tibbiy yordam stantsiyasi”ning yangi binosi qurib bitkazilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman sektor rahbarlari bilan birgalikda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori o’rinbosari Farrux Asqarxoʻjaev, Qashqadaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Alisher Boboyev ham ishtirok etib, dehqonobodliklarni yangi, zamonaviy bino bilan qutlashdi.

Farrux Asqarxoʻjaev prezidentimizning dehqonobodliklarga yana bir sovgʻasi sifatida 2 ta yangi tez tibbiy yordam mashinasini ham dehqonobodlik shifokorlarga topshirdi.

Qamashi tumani Farovon kucha № 28

Aloqa

Aloqa

+998-75-532 54 48

E mail  manzili

E mail manzili

qamashittb@etlgr.com

Online so'rov

Online so'rov

Biz bilan bo'glaning