“Elektron resept” tizimini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi

Bu tizim Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov hududida bosqichma-bosqich joriy etilmoqda. Qoshimcha chora-tadbirlarga kora;

📌“Elektron resept”ga ulanish xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun ham bepul;

🩺”Elektron resept”ni faqat shifokor yozadi;

💊Dori vositalari elektron resept, QR-kod yoki JSHSHIR asosida beriladi;

🧬Antibiotiklar va gormonal dori vositalari uchun elektron resept majburiy etib belgilanadi;

💉Surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun reseptlar 60–90 kungacha berilishi mumkin.

📞 Aholi uchun 24/7 tarzda ishlaydigan 1003 “Call-markaz” orqali “Elektron resept” tizimiga oid barcha savollar bo‘yicha maslahat olish imkoniyati mavjud.

“Elektron resept” tizimi davolash xavfsizligini oshirish, dori vositalarini tayinlashda mas’uliyatni kuchaytirish hamda ular aylanmasini tartibga solishga qaratilgan.

Qamashi tumani Farovon kucha № 28

Aloqa

Aloqa

+998-75-532 54 48

E mail  manzili

E mail manzili

qamashittb@etlgr.com

Online so'rov

Online so'rov

Biz bilan bo'glaning