Qashqadaryo viloyat hokimligining 45-4-0-F/25-sonli farmoyishi asosida 22–23 avgust kunlari yurtimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hasharlari o‘tkazilmoqda.
🏥 Qamashi tuman tibbiyot birlashmasi va unga qarashli davolash-profilaktika muassasalari xodimlari ham hasharda faol ishtirok etib, hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishmoqda.
🌱 Hashar davomida tibbiyot muassasalari hududlari yanada fayzli, ko‘rkam va aholi uchun qulay maskanga aylanmoqda.