Qamashi tumanida SSVning 18.04.2025 yildagi 102-sonli buyrug’iga asosan ”Bor mehrimiz shu vatan, shu xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilayotgan ”Sog’lomlashtirish oyligi” juda qizg‘in ruhda davom etmoqda.
Shu munosabat bilan bugun Toshkent shaxrida joylashgan ”AKFA MEDLINE” klinikasida faoliyat ko‘rsatuvchi kardixirurg shifokor tashrif buyurib, bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, kerakli tibbiy tavsiyalar berdi.
Tashkil etilgan tibbiy ko‘riklar davomida bugungi kunga qadar 38077 nafar aholi tibbiy ko’rikdan o’tkazilib, shundan 1103 nafar fuqarolarda turli xil kasalliklar aniqlandi. Ushbu kasalliklarning 1090 nafariga ambulatoriya va 13 nafariga statsionar sharoitda davolanish uchun yo‘llanma berildi. Berilgan yo‘llanmalarning 7 nafari birlashma bo’limlariga, 4 nafariga viloyat darajasida hamda 2 nafariga Respublika darajasida davolanish uchun yo‘llanmalar berildi.
“Sog’lomlashtirish oyligi” doirasidagi tibbiy ko’riklar davom etmoqda!