Qamashida bir qator tibbiyot ob’yektlari foydalanishga

Bugun Qamashi tumanidagi Ftiziatriya va pulmonologiya dispanseri to‘liq ta’mirlanib, foydalanishga topshirildi. Mustaqillikning 34 yilligi arafasida amalga oshirilgan mazkur ishlar tumanda sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori Baxriddin Bahodirov, tuman IIB boshlig‘i Nodirbek Rahimov, mahalla faollari hamda soha vakillari ishtirok etdi.

Mazkur loyihaga 1 milliard 412 million so‘m mablag‘ sarflandi.

Yangilangan binoda tibbiyot xodimlari uchun qulay mehnat sharoiti, bemorlar uchun esa toza, xavfsiz va shinam muhit yaratildi. Zamonaviy uskunalar, qabul va muolaja xonalari, maxsus jihozlangan xonalar tizimli ravishda qayta tashkil etildi.

Mazkur dispanser tumandagi yuzlab bemorlarga pulmonologiya va sil kasalliklari bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini beradi.

Qamashi tumani Farovon kucha № 28

Aloqa

Aloqa

+998-75-532 54 48

E mail  manzili

E mail manzili

qamashittb@etlgr.com

Online so'rov

Online so'rov

Biz bilan bo'glaning