Qamashi tumanidagi Loyqasoy mahallasida joylashgan 50-son Oilaviy poliklinika to‘liq ta’mirlanib, zamonaviy qiyofada foydalanishga topshirildi. Ushbu loyiha 1 milliard 770 million so‘m mablag‘ evaziga amalga oshirilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida barcha zarur qulayliklar yaratildi.
Tantanali ochilish marosimida Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov, tuman prokurori Baxriddin Bahodirov, tuman IIB boshlig‘i Nodirbek Rahimov, mahalla faollari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Ta’mirdan so‘ng tibbiyot maskanining qabul xonasi, diagnostik bo‘limlari va boshqa xizmat ko‘rsatish xonalari zamonaviy holatga keltirildi. Endilikda mahalla aholisi mahallasining o‘zida yuqori sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.