Qamashi tumani hokimi Xurshid Usmonov tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda tuman tibbiyot muassasalarida faoliyat yuritayotgan bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda so’ngi yillarda davlatimiz rahbari boshchiligida tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish yo‘nalishlariga e’tibor qaratildi. Shuningdek, yaratilayotgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish, aholining sog‘lig‘ini saqlash va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi.
Tuman hokimi tibbiyot xodimlarining bemorlarga nisbatan yanada e’tiborli va xushmuomala bo‘lishi, ozodalikka hamda intizomga qat’iy rioya etishi muhimligini ta’kidladi. Shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, bemorlar bilan ishlashda kasbiy mahorat, bilim va tartib-intizomga amal qilish zarurligi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tuman tibbiyot birlashmasi faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.

